13:45 / 08.09.2016
6 782

IHT bosh kotibi Toshkentga tashrif buyuradi

IHT bosh kotibi Toshkentga tashrif buyuradi

Islom hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Iyad bin Amin Madaniy 8 sentyabr kuni Toshkent shahriga tashrif bilan keladi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bergan.

Bo‘lajak uchrashuv va muzokaralarda Toshkent shahrida 2016 yilning oktyabr oyida O‘zbekiston raisligida bo‘lib o‘tadigan IHT ga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari Kengashining 43-sessiyasiga tayyorgarlik masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan.

2015 yilning mayida Al-Quvaytda o‘tgan IHT ga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari Kengashi majlisi vaqtida O‘zbekiston 2016 yili tashkilotga raislik qilishi haqida qaror qabul qilingan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » IHT bosh kotibi Toshkentga tashrif buyuradi