23:51 / 08.09.2016
9 373

O‘zbekiston respublikasi prezidenti saylovi 3 oy ichida bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston respublikasi prezidenti saylovi 3 oy ichida bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston respublikasi prezidenti saylovi 3 oy mobaynida o‘tkaziladi. Bu haqda "Kun" nashri xabar qilgan.

"Parlamentning bugungi qo‘shma yig‘ilishida prezident saylovlari aniq sanasi ko‘rib chiqilmadi, bu Markaziy Saylov Komissiyasi vakolatiga kiradi. Konstitusiyaga muvofiq, saylov 3 oy mobaynida o‘tkaziladi", — deyilgan xabarda.

Bundan oldinroq majlisda O‘zbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangani haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda oxirgi prezidentlik saylovi 2015 yilning martida o‘tkazilgandi. O‘zbekiston prezidenti 5 yil muddatga saylanadi. Mamlakatda oxirgi parlament saylovlari 2014 yilning dekabridan 2015 yilning yanvarigacha bo‘lgan muddatda o‘tkazilgandi.

O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov 2 sentyabr kuni insult oqibatida Toshkent shahrida vafot etdi. Marhum 3 sentyabr kuni o‘z ona shahri Samarqandda musulmon urf-odatlariga ko‘ra dafn etildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston respublikasi prezidenti saylovi 3 oy ichida bo‘lib o‘tadi