13 sentyabr kuni O‘zbekistonning aksariyat hududlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
«O‘zgidromet» markazi xabariga ko‘ra, 13 sentyabrga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havo harorati +6…+11 daraja, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida +12…+17 daraja, Surxondaryo viloyatida +14…+19 daraja, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida +16…+21 daraja, qolgan barcha hududlarida, xususan, Toshkent shahrida +18 darajagacha iliq bo‘ladi.
13 sentyabr kunduzi mamlakatning tog‘li hududlarida havo harorati +13…+18 daraja, Toshkent shahrida +25…+27 daraja, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida +23…+28 daraja iliq, Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida +27…+32 daraja, qolgan barcha hududlarda +30 darajagacha issiq bo‘lishi kutilmoqda.
13 sentyabrga o‘tar kechasi va 13 sentyabr kuni kunduzi Surxondaryo viloyatidan boshqa barcha hududlarda shamol tezligi soniyasiga 17—20 metrgacha kuchayishi mumkin. Bundan tashqari, O‘zbekistonning tog‘li hududlarida, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahrida yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi