15:49 / 14.09.2016
12 608

Rustam Azimov yangi kompleks rahbari lavozimiga tasdiqlandi

Rustam Azimov yangi kompleks rahbari lavozimiga tasdiqlandi

Azimov Rustam Sodiqovich O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri - Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, xorijiy investisiyalarni jalb etish, hududlarni kompleks rivojlantirish, ta’lim va fan masalalari kompleksi rahbari lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi hukumat portalida xabar berildi.

2016 yil 13 sentyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4833-son farmoniga muvofiq Azimov Rustam Sodiqovich O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri - Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, xorijiy investisiyalarni jalb etish, hududlarni kompleks rivojlantirish, ta’lim va fan masalalari kompleksi rahbari lavozimiga tasdiqlandi, shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri - Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, xorijiy investisiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari kompleksi rahbari lavozimidan ozod etildi.

Manba: Darakchi.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Rustam Azimov yangi kompleks rahbari lavozimiga tasdiqlandi