O‘zbekiston Rossiyaga Bojxona xizmati va Rossiyaning veterinar va sanitar nazorat bo‘yicha Federal xizmati («Rosselxoznadzor») yo‘nalishida kelishuv tuzib, bojxona va fitosanitariya hujjatlarini rasmiylashtirishni soddalashtiruvchi «yashil yo‘lak» deb nomlanuvchi jarayonni amalga oshirishni taklif qildi. Bu fikrni 14 sentyabr kuni O‘zbekiston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Rustam Azimov Rossiya qishloq xo‘jaligi vaziri Aleksandr Tkachev bilan uchrashuvi chog‘ida bildirgan. Bu haqda "Kun" xabar berdi.
Rossiya qishloq xo‘jalik vazirligi matbuot xizmati tomonidan xabar qilinishicha, tomonlar agrosanoat sohasida ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qilishgan.
Qishloq xo‘jalik vaziri joriy yilda ikki mamlakatning o‘zaro hamkorligi natijasida O‘zbekistonda etishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining Rossiya bozoriga etkazib berilishi hajmi ikki baravardan ham oshganini ma’lum qilgan. Shu bilan birga tomonlar o‘zbek meva-sabzavotlarining Rossiya hududiga etkazilishi hajmi oshirilishidagi mavjud bir qator to‘siqlar mavjudligini ham e’tirof etishgan.
Xabarda ta’kidlanishicha, O‘zbekiston delegasiyasi Rossiya Bojxona xizmati va «Rosselxoznadzor» yo‘nalishida kelishuv tuzib, bojxona va fitosanitariya hujjatlarini rasmiylashtirishni soddalashtiruvchi «yashil yo‘lak» deb nomlanuvchi jarayonni amalga oshirishni taklif qilgan.
Tomonlar barcha sohalardagi muammolarni hal qilishda o‘zaro faol hamkorlik qilishga tayyorliklarini bildirishgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Eron zarbasi katta zarar yetkazmadi, lekin Isroil baribir yutqazdi...
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?