Namanganlik soliq xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan reyd davomida aholiga noqonuniy tarzda transport xizmati ko‘rsatish bilan shug‘ullanayotgan 1704 nafar fuqaroni aniqlandi, deb xabar beradi "Diydoraziz" nashri.
Namanganlik Ismoil N. shaxsiy avtomashinasida yo‘lovchi tashiyotganida to‘xtatildi. U yo‘lovchi tashish huquqini beruvchi birorta ham hujjat ko‘rsata olmadi va avtomobili jarima maydonchasiga jo‘natilib, ma’muriy bayonnoma tuzildi. Noqonuniy tarzda yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanayotgan to‘raqo‘rg‘onlik Bahodir R. bilan ham shunday hol yuz berdi.
Nashrning bildirishicha, jami bo‘lib 1896 ta transport vositasi tekshirildi. Deyarli har bir holatda yo‘lovchilarni tashish noqonuniy tarzda olib borilayotganligi aniqlandi. 1334 nafar qonunbuzarga sud qarorlari asosida jami 723 million so‘mlik jarima jazosi qo‘llanildi. Yana 26 nafar qonunbuzarga nisbatan jinoiy jazo qo‘llanilishi mumkin – ularning ishi prokuraturaga oshirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?