14:19 / 09.03.2015
7 827

O‘zbekistonda dollar kursi rasman 5 so‘m 48 tiyinga qimmatlashdi

O‘zbekistonda dollar kursi rasman 5 so‘m 48 tiyinga qimmatlashdi

O‘zbekiston Markaziy banki 10 martdan boshlab xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 5 so‘m 48 tiyinga qimmatlashib, 2 ming 472 so‘m 34 tiyinni tashkil etayotgan bo‘lsa, 1 evro 42 so‘m 52 tiyinga arzonlashib, qiymati 2 ming 749 so‘m 98 tiyinga teng.

1 Rossiya rubli yangi kursga ko‘ra, 95 tiyinga qimmatlashib 41 so‘m 21 tiyinga teng bo‘lib turibdi. Bir hafta avval rubl 40 so‘m 26 tiyin edi.

Markaziy ushbu kurslarni valyuta operasiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun joriy etgan.

Ayni vaqtda, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda dollar kursi rasman 5 so‘m 48 tiyinga qimmatlashdi