Vazirlar Mahkamasining 9 sentyabrdagi qarori bilan 2016−2018 yillarda Toshkent viloyatini rivojlantirish dasturi qabul qilindi. Bu haqda "Gazeta.uz" xabar berdi.
Dasturda sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishni oshirish, yangi sanoat korxonalari quvvatlarini barpo etish, ishlayotganlarini modernizasiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash, muhandislik-kommunikasiya va ishlab chiqarish infratuzilmalarini jadal rivojlantirish, xom ashyo bazasini yanada taraqqiy ettirish, meva-sabzavot mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish ko‘zda tutilgan.
Jumladan, 2019 yilga qadar poytaxt viloyatida sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishni 33,4 foizga oshirish belgilangan.
Hujjatda Oqqo‘rg‘on, Bekobod, Bo‘ka, Quyi Chirchiq, Parkent, Yuqori Chirchiq va Chinoz tumanlarida sanoatlashish darajasini oshirish bo‘yicha topshiriq keltirib o‘tilgan.
Oqqo‘rg‘on, Bekobod, Bo‘ka, Quyi Chirchiq va Parkent tumanlarida mahalliy byudjetlarning daromat bazasini yanada kengaytirish yo‘li bilan respublika byudjetidan olinadigan subvensiyalar ulushini kamaytirish bo‘yicha maxsus «yo‘l xaritalari"ni ishlab chiqish belgilandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring