O‘zbekiston Prezidenti majburiyatlarini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevning 21 sentyabrdagi qarorlari bilan adliya vazirining yangi birinchi o‘rinbosari va ikki o‘rinbosari tayinlandi, deb ma’lum qildi "Kun" sayti.
Vazirning birinchi o‘rinbosari etib Ruslanbek Davletov, o‘rinbosarlari etib esa Nodirjon Jo‘raev va Hamdam Qarshiev (Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnik jihatdan va moliyaviy ta’minlash departamenti direktori) tayinlandi.
Davletov Ruslanbek Quroltayevich bungacha (2014—2016 yillar) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Oliy Majlis, siyosiy va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish xizmati O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi tuzilmalari bilan faoliyatni muvofiqlashtirish sho‘’basining mudiri bo‘lib ishlagan.
Jo‘raev Nodirjon Savriddinovichning oxirgi ish joyi (2014—2016 yillar) Oliy sud huzuridagi Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha tadqiqot markazida direktor lavozimida bo‘lgan.
Qarshiev Hamdam Aliqulovich bungacha (2013—2016 yillar) Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – tergov boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
AQSH elchisi: “Rossiya Ukraina poytaxtiga gipertovushli raketalar bilan zarba berdi”
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
Qahva va saraton: olimlardan zo‘r yangilik!
Netanyahu Isroil delegatsiyasining AQSHga safarini bekor qildi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi