13:48 / 25.09.2016
14 295

O‘zbekiston Bosh vazirining virtual qabulxonasi ochildi

O‘zbekiston Bosh vazirining virtual qabulxonasi ochildi

O‘zbekiston hukumat portalida mamlakat Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyevning virtual qabulxonasi ochildi. Bu haqda "Daryo" xabar berdi. Hozircha veb-sayt test rejimida ishlamoqda.

«Sizda hal etilmagan masalalar/muammolar, ariza, shikoyat yoki takliflar bormi? U holda murojaatingizni to‘g‘ridan-to‘g‘ri O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga 3 xil usulda: qo‘ng‘iroq qilish, murojaat yuborish yoki O‘zLiDeP hududiy partiya tashkiloti Kengashiga tashrif buyurish orqali yuborishingiz mumkin», — deyiladi virtual qabulxonada joylashtirilgan tushuntirishda.

Endilikda hukumat rahbariga murojaat qilishni istagan har qanday fuqaro to‘g‘ridan-to‘g‘ri sayt orqali yoki (0 800) 210−00−00 telefon raqami yoxud 1000 qisqa raqami yordamida Bosh vazirga shikoyat, taklif va talablarini etkazishi mumkin. Qo‘ng‘iroqlar butun respublika bo‘ylab bepul.

Shuningdek, O‘zLiDePning hududiy Kengashlariga murojaat qilish mumkin.

Murojaatning maqomini (javob berilgan-berilmaganini) sayt orqali tekshirish mumkin bo‘ladi.

Virtual qabulxona orqali Bosh vazirga murojaat qilish uchun elektron raqamli imzo talab qilinmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston Bosh vazirining virtual qabulxonasi ochildi