O‘zbekistonda shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatga unvonidan qat’i nazar 5 yil muddatga qabul qilish tartibi joriy etildi. Bu haqda "Kun" xabar berdi.
O‘zbekiston prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev tomonidan «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi qonunga kiritilgan o‘zgarishlarga ko‘ra shartnoma asosida harbiy xizmatga qabul qilinayotgan shaxslar bilan dastlabki shartnoma 5 yil muddatga tuziladi.
Parlamentning quyi palatasi tomonidan qabul qilingan va Senat tomonidan tasdiqlangan Qonun hujjati 24 sentyabr kuni nashrlarda e’lon qilindi va kuchga kirdi.
Harbiy xizmatda bo‘lishga imkon beruvchi yoshga qadar 5 yildan kam qolgan bo‘lsa, shartnoma bundan oz muddatga tuzilishi mumkin.
Ilgarilari harbiy xizmatni o‘tash borasidagi dastlabki shartnoma muddati unvonga bog‘liq edi. Xususan, oddiy askar va serjantlar bilan 3 yil, ofiserlar tarkibidagi lavozimlarda xizmat o‘tash bo‘yicha esa 5 yil muddatga shartnoma tuzilardi.
Harbiy xizmatni o‘tash muddati va uning asosiy shartlari avvalgidek shartnomada belgilanadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi