12 139
Toshkentning Sergeli tumanida 2017—2022 yillarda 500 ta ko‘p qavatli uy qurilishi rejalashtirilmoqda
O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi, O‘zbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev 25 sentyabr kuni Toshkent shahrining Sergeli tumanida olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi. Bu haqda "Daryo" xabar bermoqda.
Ayniqsa, nurab qolgan eski uylar o‘rnida yangi binolarni qurish, ko‘p qavatli uylardagi yashash sharoitlarini yanada yaxshilash, aholining talab va ehtiyojlarini inobatga olib, kommunal xizmatlar sifatini oshirish, bu borada iqtisodiy tejamkor usullarni joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.
Aholi vakillari va shahar rahbarlari, mutasaddilar ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri uchun ustuvor ahamiyatga ega bo‘lgan yirik dastur — Sergeli tumanida 2017—2022 yillarda 500 ta ko‘p qavatli uyning bunyod etilishi bilan bog‘liq loyiha ishlab chiqilganiga alohida to‘xtaldi.
Bu turar joylarning bugungi kun talablariga to‘la javob beradigan puxta loyihalar asosida qurilishi, ularni eng zamonaviy infratuzilmalar bilan ta’minlash bo‘yicha mutasaddi rahbarlar va mutaxassislar bilan atroflicha fikr almashdi.
Ta’kidlash joiz, bu ulkan loyihaning amalga oshirilishi qariyb 30 ming oilaning yangi uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini qondirish imkonini yaratadi. Shunisi e’tiborliki, uylar oilalarga imtiyozli ipoteka krediti orqali beriladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Qahva va saraton: olimlardan zo‘r yangilik!