18:05 / 10.03.2015
10 822

Qoraqalpog‘istonda uch egizak dunyoga keldi

Qoraqalpog‘istonda uch egizak dunyoga keldi

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Ellikqal’a tumanidagi «Qizilqum» ovul fuqarolar yig‘inida yashovchi Shomurot Hojiev va Rita Serjanbaevaning oilasida uch egizak dunyoga keldi, deb xabar bermoqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining rasmiy sayti.

Uch o‘g‘il egizaklarga Islom, Abdug‘ani va Karim ismlari berilgan. Hozirgi vaqtda chaqaloqlarning ham, onasining ham sog‘lig‘i yaxshi ekanligi ma’lum qilingan.

Qayd etilishicha, ushbu baxtli oilaga tuman hokimiyati amaliy yordam ko‘rsatgan. Tuman hokimligi vakillari ona-bolalarning hollarida xabar olib, ularga uchta bolalar aravachasi, kiyim-kechak va o‘yinchoqlar sovg‘a qilgan. Shuningdek, tuman hokimi nomidan bir bosh sog‘in sigir ham sovg‘a qilingan.

Manba: www.daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Qoraqalpog‘istonda uch egizak dunyoga keldi