16:20 / 04.10.2016
6 463

Toshkent shahar hokimligi bilan Yaponiyaning “Shimidzu” korporasiyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi

Toshkent shahar hokimligi bilan Yaponiyaning “Shimidzu” korporasiyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi

Toshkentda 3-oktabr kuni shahar infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston—Yaponiya konferensiyasi bo‘lib o‘tdi, deb yozadi O‘zA.

Konferensiyada O‘zbekistonning geodeziya, qurilish, transport, tabiatni muhofaza qilish, axborot texnologiyalari, elektrotexnika, energetika, kimyo va kommunal sohalardagi vazirlik va idoralari mutasaddilari ishtirok etdi. Yaponiyaning “Shimidzu”, “Fujita”, “Marubeni”, “Panasonik”, “Tokio Roup Injiniring”, Itochu, Misubishi, Toyota Suse, “NEK” kabi yigirmadan ortiq yirik korporasiya vakillari o‘z tashkilotlari va xizmatlari haqida atroflicha ma’lumot berdi.

Yaponiyalik ishbilarmonlar O‘zbekistonda shaharsozlik zamon talablari asosida rivojlanayotgani, infratuzilma obektlarini qurish va modernizasiyalash ishlari iqtisodiyot rivojiga xizmat qilayotganini ta’kidladi. Infratuzilma obektlarini qurish va modernizasiya qilish, avtomobil va temir yo‘l tizimini rivojlantirish, axborot-kommunikasiya texnologiyalari, tabiiy ofatlarning oldini olish va boshqa sohalarda o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha takliflarini taqdim etdi.

Tadbir doirasida tashkil etilgan kooperasiya birjasida ikki mamlakat tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, tomonlarni qiziqtirgan sohalar bo‘yicha qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Konferensiyada Toshkent shahar hokimligi bilan Yaponiyaning “Shimidzu” korporasiyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Yaponiya delegasiyasi mamlakatning Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va savdo vazirligida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkent shahar hokimligi bilan Yaponiyaning “Shimidzu” korporasiyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi