23:16 / 07.10.2016
10 512

Sirg‘alida er usti metro yo‘nalishi qachon ishga tushirilishi ma’lum qilindi

Sirg‘alida er usti metro yo‘nalishi qachon ishga tushirilishi ma’lum qilindi

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi-Bosh vazir Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Sirg‘ali tumaniga tashrif buyurib, tumanda metro bekatlari barpo etish, er ustidan o‘tadigan zamonaviy metro yo‘li qurish zaruritiga to‘xtalgan edi.

Er usti tezyurar metro yo‘nalishini qurish ishlari allaqachon boshlab yuborildi. Uzunligi 8 kmdan ortiqni tashkil qiluvchi er usti tezyurar metro yo‘nalishi 4 yil mobaynida qurib bitkaziladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligida Serg‘ali tumani hokimi Furqat Maqsudxo‘jaev ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytildi, deyiladi "Qalampir.uz" xabarida.

Choshtepa, Mirzo Tursunzoda, Qipchoq ko‘chalaridan “Yo‘ldosh” dahasidagi Mardlik ko‘chasigacha bo‘lgan hududdan o‘tadigan liniya 6ta stansiyadan iborat bo‘ladi.
Shuningdek, tumanda bugungi kun talablariga to‘la javob beradigan, eng zamonaviy infratuzilmalar bilan ta’minlanadigan 500 ta ko‘p qavatli uy bunyod etilishi ham rejalashtirilgan. Ushbu ulkan loyihaning amalga oshirilishi 30 ming oilaning yangi uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini qondirish imkonini yaratadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Sirg‘alida er usti metro yo‘nalishi qachon ishga tushirilishi ma’lum qilindi