12:18 / 09.10.2016
6 782

O‘zbekiston va Qozog‘iston hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

O‘zbekiston va Qozog‘iston hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

O‘zbekiston Bosh vazir o‘rinbosari Ulug‘bek Ro‘ziqulov 8 oktyabr kuni Ostonada Qozog‘iston Bosh vaziri Bakitjon Sagintaev bilan muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqida Qozog‘iston Respublikasi Bosh vazirining rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Manbaga ko‘ra, uchrashuv davomida tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investision hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi. O‘zbekiston va Qozog‘iston kimyoviy va neft-kimyoviy sohalarida ham aloqalarni mustahkamlashi kerak.

O‘zbekiston va Qozog‘iston vakillari ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va investision hamkorlikni faollashtirishga doir bundan avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston va Qozog‘iston hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi