8 359
Toshkentlik fuqaro bosh vazir virtual qabulxonasining yordami bilan plastik kartaga avtomobil xarid qildi
Facebook ijtimoiy tarmog‘ida tashkil etilgan “Shavkat Mirziyoyev – Shavkat Mirziyoyev” sahifasida plastik kartaga avtomobil xarid qilishga uringan fuqarolardan birining Bosh Vazirga ushbu masalada murojaat etib hal qilgani bayon etilgan maktub nashr qilindi, deyiladi "Sof.uz" sayti xabarida.
Xat “Onam... joriy yilning sentyabr oyida o‘zlariga tegishli bo‘lgan plastik kartadan mening nomimga ochilgan plastik kartaga hadya sifatida pul mablag‘lari ko‘chirib berdilar. Shundan so‘ng men 2016 yil sentyabr oyining so‘nggi o‘n kunida “TOShKENT DEU” MChJ avtosaloniga uchradim”, deb boshlanadi. So‘ng u salondagi avtomobillar bilan tanishgach, milliy valyutadagi plastik kartasi orqali to‘lovni amalga oshirmoqchi bo‘lganligi bayon qilingan. Operator esa unga terminal apparati mavjud emasligini ma’lum qiladi.
Fuqaro o‘z huquqidan foydalanib, Bosh Vazirning virtual qabulxonasiga murojaatnoma yozadi. Murojaatnomani “Trastbank” XAB qonunchilikda belgilangan tartibda o‘rganib chiqib, 11 oktyabr kuni uning egasi bilan suhbat o‘tkazadi. Yakuniy xatda keltirilishicha murojaatchiga “...bank plastik kartochkasi orqali avtomashina xarid qilish murojaati yuzasidan batafsil tushuntirish berildi. Shu kunning o‘zida fuqaroning bank plastik kartasidan terminal orqali avtomashina uchun to‘lov amalga oshirildi va fuqaro bilan tuzilgan shartnoma asosida pul mablag‘lari “TOShKENT DEU” MChJ avtosaloni hisob varag‘iga ko‘chirildi”. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har kuni kechqurun piyoda yurish organizmda qanday o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi?
AQSH elchisi: “Rossiya Ukraina poytaxtiga gipertovushli raketalar bilan zarba berdi”
AQSH Isroildan yuz o‘girdimi? Netanyahu Vashingtonga bormaydi
Netanyahu Isroil delegatsiyasining AQSHga safarini bekor qildi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Rossiya ombudsmani: “Dunyo Moskva yaqinidagi terakt tashkilotchilarini topish yo‘lida birlashishi kerak”
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan