11:45 / 14.10.2016
10 212

OVIR vizasi va u bilan bog‘liq tarqalgan yolg‘on ma’lumotlar

OVIR vizasi va u bilan bog‘liq tarqalgan yolg‘on ma’lumotlar

Yaqinda internet tarmoqlarida O‘zbekistondan tashqariga chiqish uchun OVIR vizasini bekor qilishni sayt tomonidan so‘ralgani ma’lum qilingan edi. U change, kun.uz, sputnik saytlari tomonidan “xorijga chiqish uchun vizani bekor qilish bo‘yicha” petisiya sifatida yoritilgan edi. Ammo sharh.uz nashrining yozishicha hech qanday petisiya bo‘lmagan. «O‘zbekistonda qayerda, qachon ko‘rgansiz petisiya o‘tkazilganini?» deb yoziladi saytda. Bundan tashqari Bosh vazirga shu mazmundagi xat yo‘llangani ham tasdiыlanmaganligi aytilmoqda.

«Biz o‘zi yaqindagina keng miqyosdagi Axborot xurujini boshdan kechirdik. Zo‘rg‘a amallab “dushman xujumini” qaytardik. Bunda boy berishlar ko‘p bo‘ldi. Ya’ni xorijdagi dushmanlarimiz aholimizni yolg‘on axborotlariga ishontirishga ma’lum muddatga bo‘lsada erishdilar.

Endi bo‘lsa yana “ko‘r xassasini bir marta yo‘qotadi” qabilidagi hikmatli so‘zga butunlay zid ravishda “ko‘r xassasini ming birinchi marta yo‘qotib” yoki ataylab yo‘qotishni xohlab (ya’ni ushbu ilgari surilayotgan taklifni amalga oshishini ich-ichidan xohlovchilar) aholimizni yolg‘on axborotga ishontirish jarayoni ketmoqda.

Yana hamma jim. Biror mas’ul tashkilot bu axborotni yolg‘onligini, bunday petisiya-mitisiyalar milliy qonunchiligimizda nazarda tutilmaganligini aytishga jur’at etolmayapti yoki har doimgidek eng axshi ko‘rgan maqolimiz “it hurar karvon o‘tar”ga amal qilmoqda. » deb xabar beriladi saytda.

Manba: Diydoraziz.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » OVIR vizasi va u bilan bog‘liq tarqalgan yolg‘on ma’lumotlar