14:04 / 15.10.2016
8 404

Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashiga yangi rais tayinlandi

Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashiga yangi rais tayinlandi

Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashiga respublikaning sobiq iqtisodiyot vaziri Qahramon Sariev rais etib tayinlandi.

Qahramon Sariev Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi etib tayinlandi, deya xabar qilindi respublika Vazirlar Kengashi saytida. Bunga qadar u Qoraqalpog‘iston iqtisodiyot vaziri lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Vazirlar Kengashi rahbarligiga Qahramon Sariev ushbu lavozimda 2006 yildan buyon ishlab kelayotgan Baxadir Yangibaev o‘rniga tayinlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashiga yangi rais tayinlandi