O‘zbekistonlik stilist va sartaroshlar Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan nufuzli “Nevskie berega” Xalqaro festival-tanlovida bosh va kichik mukofotlarni qo‘lga kiritishdi. O‘zbekistondagi feshn-industriyasi mutaxassislari o‘zlari bilan 12 yo‘nalish bo‘yicha yigirmatadan ko‘proq kuboklarni olib kelishdi.
“Bu festival o‘z talablari va o‘tkazilish darajasi bo‘yicha jahon chempionatiga tenglashtiriladi. Joriy yilda festivalda 30 davlatning stilist va sartaroshlari ishtirok etishdi. Bizning jamoaga 15 kishi kiritilgandi. Ularning barchasi O‘zbekistonda o‘tkaziladigan shu kabi tanlovlarning g‘oliblari hisoblanishadi. Ular yuqori tayyorgarlik maktabiga hamda zaruriy malakalarga ega”, deb aytdi O‘zbekiston sartaroshlar va kosmetologlar uyushmasi raisi, xalqaro darajadagi modeler, xalqaro toifadagi hakam Farhod Shomurodov.
“Eng katta muvaffaqiyatga samarqandlik 19 yoshli Shuhrat Hamdamov erishdi. U “Ukladkali zamonaviy erkaklar soch turmagi” yo‘nalishida va bir qator boshqa nominasiyalarda 1-o‘rinni egalladi. Qashqadaryolik soch turmaklari ustasi Muhammad Shodmonov ayollar soch turmaklari bo‘yicha birato‘la bir nechta yo‘nalishlarda 2-o‘rinni egalladi. Erkak va ayollar soch turmaklari bir nechta yo‘nalishlarida samarqandlik Rustam Ashurov ham eng yaxshi deb tan olindi. Xalqaro hakamlar hay’ati Sobir Zoidov, Svetlana Lyam, Nikolay Nam va boshqa hamyurtlarimizning ishlarini yuqori baholashdi.
Jamoamiz ushbu festivalda Markaziy Osiyodan qatnashgan yagona vakil bo‘ldi. Bu yil fantaziyali turmaklar yo‘nalishining asosiy mavzusi “Ipak yo‘li” deb nomlandi”, deb qo‘shimcha qilib o‘tdi Farhod Shomurodov.
Bundan tashqari, yana besh nafar o‘zbekistonlik kosmetolog festival doirasida o‘tkazilgan bu soha mutaxassislarining kongressi ishtirokchilari bo‘lishgan.
Manba: www.kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Eron zarbasi katta zarar yetkazmadi, lekin Isroil baribir yutqazdi...
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
“Yuventus” himoyasini titratib tashlagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi