17:09 / 19.10.2016
7 004

Toshkentda chiqindilarni olib chiqib ketish tariflari 6,6 foizga qimmatlashadi

Toshkentda chiqindilarni olib chiqib ketish tariflari 6,6 foizga qimmatlashadi

«Maxsustrans» boshqarmasi 1 noyabrdan Toshkent aholisi va tashkilotlaridan qattiq maishiy va suyuq holdagi chiqindilarni olib chiqib ketish tariflari 6,6 foizga oshirganin «Gazeta.uz» sayti ma’lum qildi.

Aholi uchun maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish narxi har bir kishi uchun bir oyga 3000 so‘mdan 3200 so‘m oshiriladi.

Byudjet va xo‘jalik hisobidagi tashkilotlar uchun 1 kub metr qattiq maishiy chiqindini olib chiqib ketish narxi 38390 so‘m (hozirda — 35991), 1 tonna suyuq holdagi chiqindi esa — 14346 so‘m (13449,4) etib belgilandi.

Bunga qadar chiqindilarni olib chiqib ketish tariflari may oyida qimmatlashgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentda chiqindilarni olib chiqib ketish tariflari 6,6 foizga qimmatlashadi