O‘zbekiston Mudofaa vazirligining vertolyoti noqulay ob-havo sharoitlari tufayli qulagan bo‘lishi mumkin, so‘nggi bir necha kun davomida Farg‘ona viloyatida havo keskin o‘zgargan, deb xabar berdi Diydoraziz.uz nashri.
Ob-havo ma’lumotlarida 18 oktyabr kuni Farg‘ona vodiysida vaqti-vaqti bilan qorga aylanadigan shiddatli yomg‘ir yog‘ishi aytilgan. Bundan tashqari, shamol tezligi ayrim tumanlarda soniyasiga 15-20 metrga etishi aytilgan.
«Mudofaa vazirligi vertolyoti rejali uchishni amalga oshirgan. Baxtsiz hodisa ob-havo sharoiti o‘ta ekstremal bo‘lgan tog‘li hududda ro‘y bergan bo‘lishi mumkin», — deya ta’kidlaydi nashr.
Aviahalokat sabablarini o‘rganish uchun tuzilgan maxsus komissiya versiyasiga ko‘ra, baxtsiz hodisa texnik nosozlik yoxud uchuvchi xatosi tufayli ro‘y bergan bo‘lishi mumkin degan taxminlar ham mavjud.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Mudofaa vazirligiga qarashli vertolyot Farg‘ona vodiysida halokatga uchragan edi. Halok bo‘lgan to‘qqiz kishi dan olti nafari harbiylar bo‘lgani xabar qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!