13:20 / 20.10.2016
8 106

Nega benzin tanqisligining sabablari ma’lum bo‘ldi

Nega benzin tanqisligining sabablari ma’lum bo‘ldi

«O‘zneftmahsulot» haydovchilarni yonilg‘i tanqisligi haqidagi gap-so‘zlarga ishonmaslik va ehtiyojdan ortiq benzin olmaslikka chaqirdi, deyiladi Diydoraziz.uz sayti xabarida.

«O‘zneftmahsulot» kompaniyasi so‘nggi kunlarda avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalarida navbatlarga duch kelayotgan Toshkent aholisi va mehmonlariga yana bir bor murojaat bilan chiqdi. Kompaniya saytida rahbariyat nomidan e’lon qilingan murojaatda yuzaga kelgan vaziyat «O‘zneftmahsulot» bilan bog‘liq bo‘lmagan sabablarga aloqador ekani aytiladi.

Birinchidan, deyiladi xabarda, shaharga viloyatlardan qatnayotgan ko‘pchilik avtomobillar egalari chayqovchilik niyatida turli yo‘llar bilan keragidan ortiqcha miqdorda avtobenzin olib chiqib ketishmoqda. Bunday holatning oldini olish maqsadida kompaniya tomonidan «O‘zdavneftgazinspeksiya» va tegishli huquqni muhofaza qilish organlari bilan birga profilaktika chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Ikkinchi sabab sifatida avtobenzinning kamayib ketayotgani to‘g‘risidagi xabarning tarqatilayotgani keltirib o‘tilgan. «O‘zneftmahsulot» haydovchilarni navbatdagi marta neftni qayta ishlash zavodlari yonilg‘i mahsulotlarini etarli ishlab chiqarayotganiga ishontirmoqchi bo‘lib va kelgusida qo‘shimcha miqdorda avtobenzin etkazib berish rejalashtirilayotganini ma’lum qildi.

Ayrim avtomobil egalarining avtobenzinni keragidan ortiqda xarid qilib, g‘amlab olishga harakat qilayotgani ham xabar qilinadi. Bunday holat esa ko‘ngilsiz voqealarga olib kelishi mumkinligi ta’kidlab o‘tilgan.

To‘rtinchi sabab sifatida avtomobillar sonining yildan-yilga ko‘payib borayotganligi keltirilgan. Biroq kompaniyamiz tomonidan avtobenzin ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini belgilashda bu omil ham nazarda tutilmoqda, deyiladi xabarda.

Yakunda kompaniya haydovchilarni turli shov-shuvlarga ishonmaslikka, xavotirga berilmaslikka, ehtiyojingizdan ziyod miqdorda yonilg‘i g‘amlamaslikni hamda «faol fuqarolik pozisiyasida turib», yuqorida bayon etilgan omillarning oldini olishda yaqindan hamkorlik qilishga chaqiradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Nega benzin tanqisligining sabablari ma’lum bo‘ldi