14:26 / 22.10.2016
8 451

Toshkent vokzali yonidagi Oybek ko‘chasi avtomobillar harakatlanishi uchun ochiladi

Toshkent vokzali yonidagi Oybek ko‘chasi avtomobillar harakatlanishi uchun ochiladi

Shu yilning avgust oyida Toshkent vokzaliga olib boruvchi Oybek ko‘chasi yopilgan edi. Endilikda mazkur ko‘cha transportlar harakatlanishi uchun qayta ochiladi.

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda ushbu ko‘chada olib borilayotgan qurilish ishlari aks etgan suratlar tarqaldi.


Avgust oyida Toshkent shahar hokimligi Oybek ko‘chasining Nukus hamda Turkiston ko‘chalari kesishuvi oralig‘idagi qismi yopilishini ma’lum qilgandi. Bundan ko‘zlangan maqsad, poytaxtda avtomobil transporti harakatini tartibga solish, Toshkent temir yo‘l vokzali oldi hududlarini yanada obodonlashtirish, ushbu ko‘chada istiqomat qilayotgan ko‘psonli aholining madaniy hordiq chiqarishlariga qulay shart sharoitlar yaratish ekanligi aytilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkent vokzali yonidagi Oybek ko‘chasi avtomobillar harakatlanishi uchun ochiladi