O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini oshirish, madaniy merosini asrab-avaylash maqsadida UZINFOCOM markazi tomonidan maxsus “Meros.uz” sayti ishlab chiqilgan edi. Bu sayt mamlakatimizning tarixiy, madaniy ob’ektlari haqida ma’lumotlar berib boradi.
Mazkur sayt asosida UZINFOCOM markazi tomonidan “O‘zbekistonning etti mo‘jizasi” nomli tanlov tashkil etildi. Tanlovda O‘zbekistonning diqqatga sazovor joylar, xususan, madaniy merosni asrab-avaylashga o‘z hissasini qo‘shishi mumkin bo‘lgan barcha qadamjolar ishtirok etishi mumkin edi.
Mazkur tanlov natijalari “O‘zbekturizm” Milliy kompaniyasi rasmiy saytida e’lon qilindi.
Tanlov yakuniga ko‘ra, g‘oliblar aniqlanib, 28 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonada taqdirlash marosimi tashkil etildi.
Tadbirda “O‘zbekiston mo‘jizasi-2016” nomiga sazovor bo‘lgan 7ta ko‘zga ko‘ringan ob’ekt aniqlandi:
- Registon ansambli (Samarqand shahri)
- I.V.Saviskiy nomidagi san’at muzeyi (Nukus shahri)
- Toshkent teleminorasi (Toshkenrt shahri)
- Forumlar saroyi (Toshkent shahri)
- Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi (Samarqand shahri)
- Ichan Qal’a majmui (Xiva shahri)
- Go‘ri Amir maqbarasi (Samarqand shahri)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi