20:59 / 01.11.2016
8 796

Sherali Jo‘raev tadbirda ishtirok etdi

Sherali Jo‘raev tadbirda ishtirok etdi

ZiyoNET resurs markazi «O‘zbekistonning etti mo‘’jizasi» aksiyasini o‘tkazdi. Ushbu aksiya uchun mamlakatdagi 374 ta diqqatga sazovor joylar tanlab olindi.

Eng ko‘p ovoz olgan ettita ob’ekt rasmiy ravishda «O‘zbekistonning etti mo‘’jizasi» sifatida e’lon qilindi. Bular:

1. Registon ansambli (Samarqand)
2. I.V.Saviskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston san’at muzeyi (Nukus)
3. Toshkent teleminorasi (Toshkent)
4. Simpoziumlar saroyi (Toshkent)
5. Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi (Samarqand)
6. Ichan-Qal’a (Xiva)
7. Go‘ri-Amir maqbarasi (Samarqand)

Mazkur aksiyaning taqdirlash marosimi O‘zbekiston milliy kutubxonasida INFOLIB-2016 haftaligi doirasida bo‘lib o‘tdi. Unda etti mo‘’jizaga kiritilgan har bir ob’ekt rahbarlariga esdalik yorliqlari topshirildi.

Meros.uz loyihasi koordinatori Zumrad Shojalilova tadbir qatnashchilarini aksiyaning borish jarayoni va yakunlari bilan tanishtirdi, deyiladi "Diydoraziz" nashrida.

Tadbirda O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘raev mehmon bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Sherali Jo‘raev tadbirda ishtirok etdi