20:21 / 14.03.2015
8 054

Toshkent viloyatida noqonuniy tadbirkorlik asosida 55 million so‘m sof daromad olgan fuqaro jazoga tortildi

Toshkent viloyatida noqonuniy tadbirkorlik asosida 55 million so‘m sof daromad olgan fuqaro jazoga tortildi

SVOJJDLQK departamentining Qibray tuman bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida tumandagi «Tufel» QFYda istiqomat qiluvchi fuqaro davlat ro‘yxatidan o‘tmay, yashirin sex tashkil qilgani aniqlandi. Bu haqda «Huquq» nashri xabar bermoqda.

Mazkur «tadbirkor» 2012 yildan o‘tgan yilning iyuliga qadar temirdan darvoza, turli panjaralar va boshqa turdagi mahsulotlar ishlab chiqarib, sotib kelgan. U o‘zining mazkur noqonuniy faoliyati davomida 160 million 819 ming so‘mlik hamda 44 ming AQSh dollarilik, jami 276 million 130 ming so‘mlik mahsulot aylanmasini amalga oshirib, bu davrda 55 million 220 ming so‘m miqdorida sof daromad olganligi ma’lum bo‘ldi.

Ushbu noqonuniy tadbirkorlik yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Qibray tuman sudi fuqaroning qilmishiga yarasha jazo tayinladi.

Manba: www.daryo.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkent viloyatida noqonuniy tadbirkorlik asosida 55 million so‘m sof daromad olgan fuqaro jazoga tortildi