12:35 / 17.03.2015
11 748

Latviya kompaniyasi bilan O‘zbekistondan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha shartnoma imzolandi

Latviya kompaniyasi bilan O‘zbekistondan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha shartnoma imzolandi

Latviyaning Global Gateway kompaniyasi va O‘zbekiston Respublikasi Farg‘ona viloyati bozorlar uyushmasi o‘rtasida O‘zbekistonda etishtiriladigan meva-sabzavot mahsulotlarini MDH va Evropa Ittifoqi davlatlariga eksport qilish bo‘yicha 45 mln dollarlik shartnoma imzolandi. Shartnoma O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va savdo vazirligida tasdiqlandi hamda 2015 yilning oxiriga qadar amal qilishi belgilandi.

“Latviya O‘zbekiston bilan iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashdan manfaatdor. Latviya geografik joylashishiga ko‘ra katta ustunlikka ega hamda logistika va transport sohasidagi tajribalarimiz yaxshi ishlab turgan Shimoliy etkazib berish tarmog‘ini yanada rivojlantirishga imkon beradi. Bu shartnomaning imzolanishi Latviya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikning muhimligini yana bir isbotlaydi va iqtisodiy hamkorlikni amalga oshirishga imkon beradi. O‘zbekistonlik tadbirkorlar uchun Evropaga chiqish imkoniyati paydo bo‘ladi, bizning kompaniyalar uchun esa, o‘z navbatida, O‘zbekiston timsolida yangi bozor ochiladi”, deb aytdi Global Gateway boshqaruvi a’zosi va Latviya savdo-sanoat palatasining Markaziy Osiyo davlatlaridagi rasmiy vakili Florens Yansons.

Ma’lumot uchun, 2013 yil natijalariga ko‘ra, Latviya va O‘zbekiston o‘rtasida mahsulot ayirboshlash hajmi 51,9 mln evroni tashkil etgan.

Taqdim qilingan 45 mln dollar miqdoridagi kvota Global Gateway kompaniyasi yordamida O‘zbekistondan mahsulot eksport qilinishi, shu jumladan, bojxona tartibotlari, huquqiy, logistik va moliyaviy masalalarning hal qilinishini anglatadi.

Bu shartnomaning imzolanishi Evropa Ittifoqi davlatlaridan O‘zbekistonga tibbiyot va sanoat qurilmalarining importini yaxshilaydi.

“Davlatlarimiz o‘rtasidagi muvaffaqiyatli siyosiy munosabatlar, umumiy tariximiz va rus tilini bilishimiz hamkorligimizning muvaffaqiyatiga sabab bo‘ladi. Bu yildan boshlab biz yaratgan biznes platforma orqali latviyalik va evropalik kompaniyalarda O‘zbekistonda o‘z faoliyatini boshlash uchun imkoniyat paydo bo‘ldi”, deb qo‘shimcha qilib o‘tdi Florens Yansons.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Latviya kompaniyasi bilan O‘zbekistondan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha shartnoma imzolandi