21:56 / 27.11.2016
7 581

Toshkent metrosining yangi 8 ta bekati 2020 yilda ishga tushiriladi

Toshkent metrosining yangi 8 ta bekati 2020 yilda ishga tushiriladi

Toshkent metrosi qurilishini davom ettirish yuzasidan 2017-2020 yillarda umumiy qiymati 295 million dollar davlat byudjeti, O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan uzunligi 10 kilometrdan iborat 8ta stansiyani o‘z ichiga olgan 2ta loyihani ishlab chiqish ta’minlanadi. Bu haqda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahar saylovchilari bilan uchrashuvda ma’lum qilgan. Nomzodning uchrashuvdagi nutqi to‘liq holda «Toshkent oqshomi» gazetasida chop etilgan.

Toshkent metrosining Yunusobod yo‘nalishida 2 ta, Sergeli yo‘nalishida 6 ta bekat qurish rejalashtirilgan.

Mirziyoyev shaharning halqa yo‘li bo‘ylab uzunligi 66,3 kilometr bo‘lgan temir yo‘l transport vositasini – ya’ni, elektrichkani yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq loyiha amalga oshirilishini qo‘shimcha qilib o‘tgan.

«Bu loyihani 2017-2030 yillarda amalga oshirish uchun davlat byudjeti va mahalliy byudjetlar hisobidan 189 million dollar mablag‘ yo‘naltiriladi», – degan nomzod.

Mirziyoyevning bildirishicha, Toshkent shahri aeroportida 2019-2020 yillarda yangi xalqaro terminal qurilishi amalga oshiriladi. Buning uchun davlat byudjeti, O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan 336 million dollar mablag‘ yo‘naltiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkent metrosining yangi 8 ta bekati 2020 yilda ishga tushiriladi