O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Latviyaning Cleantech Latvia nodavlat tashkilotini ro‘yxatdan o‘tkazdi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.
Shtab-kvartirasi Rigada joylashgan va 2006 yilda faoliyatini boshlagan tashkilot ekologik toza texnologiyalar va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish hamda ishlab chiqarishda joriy etishga ixtisoslashgan bo‘lib, Latviya biotexnologiyalar assosiasiyasi uning ta’sischisi hisoblanadi. Evropa mintaqaviy rivojlanish fondi hamda Latviya investisiyalar va taraqqiyot agentligi tomonidan moliyalashtiriladi.
Cleantech Latvia O‘zbekiston va Evroittifoq o‘rtasida atrof-muhitni muhofaza qilish, xalq va qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida ilg‘or «yashil» texnologiyalarni joriy etish borasida hamkorlikni rivojlantirishni rejalashtirmoqda.
Hozirda nodavlat tashkiloti O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi bilan birgalikda suv resurslarini boshqarish, energiyadan foydalanish samaradorligini oshirish, qayta tiklanuvchi va muqobil energetikani keng joriy etish kabi yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni ishlab chiqishga kirishdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi