01:02 / 30.11.2016
6 436

O‘zbekiston hozircha Evrosiyo iqtisodiy ittifoqiga kirmasligi ma’lum qilindi

O‘zbekiston hozircha Evrosiyo iqtisodiy ittifoqiga kirmasligi ma’lum qilindi

O‘zbekiston sobiq ittifoq hududida iqtisodiy integrasiyaning rivojlanishini e’tibor bilan kuzatishda davom etadi, biroq hozircha Evrosiyo iqtisodiy ittifoqi yoki Bojxona ittifoqiga kirishni o‘ziga foydali deb hisoblamaydi, deb aytdi O‘zbekiston tashqi aloqalar, investisiyalar va savdo vaziri o‘rinbosari Shavkat To‘laganov. Bu haqda Kun.uz yozmoqda.

"O‘zbekiston birinchi navbatda bizning manfaatlarni hisobga olgan holda u yoki bu integrasion tashkilotlar, tuzilmalar a’zosi hisoblanadi. Birinchi asosiy ustuvor vazifa biz O‘zbekistonda qaror qabul qilinishiga ta’sir qiladigan biror tuzilmaga ega bo‘lmasligimizdir. Biz erkin savdo hududi, MDH a’zosi hisoblanamiz. Bu barcha kelishuvlar bizga normal savdo va boshqa munosabatlarni olib borishga imkon beradi. Bizning mutaxassislar tomonidan chuqur o‘rganishlar Evrosiyo iqtisodiy ittifoqi yoki Bojxona ittifoqida a’zolik O‘zbekistonga ustunliklar bermasligi yoki aksincha, qandaydir pozisiyalar bo‘yicha bizni cheklashi mumkinligini ko‘rsatdi", deb tushuntirdi To‘laganov.

"Bu integrasion tuzilmalarning rivojlanishini e’tibor bilan kuzatamiz. Agar biz uchun iqtisodiy tomondan hech qanday qiyinchiliklar yoki cheklashlar bo‘lmaydi, deb hisoblasak, unda bu tuzilmalarga kirish masalasini ko‘rib chiqamiz. Biroq bugungi kunda bizda bu borada aniq yo‘nalish, qaror bor va biz hozircha qandaydir yangi integrasion tuzilmalarga kirishni rejalashtirmayapmiz", deb qo‘shimcha qildi To‘laganov.

To‘laganovning fikricha, bu siyosat 4 dekabrda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston prezidenti saylovlaridan keyin ham davom ettiriladi.

"Prezidentlikka nomzodlar tashqi siyosat, tashqi iqtisodiyotdagi asosiy yo‘nalish bizning birinchi prezidentimiz tomonidan ko‘rsatilgan yo‘nalishlarga asoslanishini aytib o‘tdilar", deb ta’kidlab o‘tdi To‘laganov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston hozircha Evrosiyo iqtisodiy ittifoqiga kirmasligi ma’lum qilindi