6 935
Prezident saylovoldi dasturida keltirilgan va’dalarni bajarmasa, qanday chora ko‘riladi?
Prezident saylovi har bir mamlakat taqdirida muhim o‘rin tutadigan siyosiy jarayonlardan biridir. Respublika maqomiga ega bo‘lgan har bir demokratik davlatda prezident saylovi muhim ahamiyatga ega. Jumladan O‘zbekistonda ham.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga siyosiy partiyalar tomonidan taqdim etilgan nomzodlarning saylovoldi tashviqoti oldingi yillarga qaraganda juda samarali bo‘lgani e’tirof etildi. Ularning ommaviy axborot vositalaridagi chiqishlari, saylovoldi dasturlari fuqarolar tomonidan muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Albatta, har bir nomzodning saylovoldi dasturida 5 yillik faoliyati davomida amalga oshirajak rejalari haqida so‘z boradi. Agar nomzodlardan biri prezident etib saylangach, dasturdagi vazifalarni va qayd etilgan ishlarni amalga oshirmasachi? Qonunchilikda bu haqida nima deyilgan?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yorituvchi ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun tashkil etilgan “PRESS CLUB: ELECTIONS.UZ-2016” loyihasi doirasidagi sessiyalarda yuqoridagi savol o‘rtaga tashlandi. Ko‘pchilikni qiziqtirgan mazkur masalaga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Rahimjon Hakimov quyidagicha javob berdi.
Rahimjon Hakimov, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati:
— Bu odatda juda ko‘p olimlar, siyosatchilarda tug‘iladigan savol. Nafaqat Prezidentlikka saylovda, balki Oliy Majlis deputatligiga o‘tkaziladigan saylovlarda ham nomzodlar o‘z dasturi bilan ishtirok etishadi, va’dalar beriladi. Bu va’dalar bajarilmasa, ularga javobgarlik joriy qilinishi kerakmi yoki yo‘q, degan masala bor. Butun dunyo amaliyotiga e’tibor qaratsak, xususan, O‘zbekiston qonunchiligida ham bunday javobgarlik yo‘q. Faqatgina bitta javobgarlik bor: u ham bo‘lsa siyosiy javobgarlik.
Nomzod Prezidentlikka saylangach, besh yil davomida faoliyat olib boradi. Bu davrda o‘zi belgilagan vazifalarni qanchalik bajara olgani 5 yildan keyin, ya’ni keyingi saylov jarayonlarida ma’lum bo‘ladi va xalq unga o‘z bahosini beradi.
Sessiyada ko‘tarilgan ushbu masala juda katta muhokamaga sabab bo‘ldi. Yig‘ilishda ishtirok etgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va mutaxassislar Prezident o‘z vakolatlari doiorasida saylovoldi dasturida belgilangan vazifalarni bajarmasligi qonuniy bo‘lmasa-da, ma’naviy javobgarlikka olib kelishini aytdilar. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi