18:48 / 04.12.2016
7 338

Lola Ahmedova: “Biz tanlagan nomzod ishonchimizni oqlaydi!”

Lola Ahmedova: “Biz tanlagan nomzod ishonchimizni oqlaydi!”

Bugun, 4 dekabr O‘zbekiston Respublikasida muhim siyosiy jarayon Prezident saylovi bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekistonnning ko‘p sonli aholisi qatorida taniqli san’atkorlar, davlat va jamoat arboblari ham saylovda faol ishtirok etmoqda.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Lola Ahmedovaning bugungi muhim siysiy jarayon haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.

Lola AHMEDOVA, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist:

— Bugun yurtimizda bayram, desak ham bo‘ladi. Hammamiz uchun kelajagimizga munosib nomzodni tanlash o‘ta muhim. Men ham Chilonzor tumanidagi saylov uchastkasidan mamlakatimiz, farzandlarimiz kelajagi uchun munosib bo‘lgan nomzodga ovoz berdim. Albatta, saylovni o‘tkazishga tayyorgarlik, targ‘ibot tashviqotlar o‘zimiz uchun munosib nomzodni tanlashimitzga asos bo‘ldi. Albatta bugun kungacha hammamizning oldimizda bir savol turgandi: Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug‘anievich Karimov bizga meros qilib qoldirgan shunday go‘zal, ozod, obod Vatanni kelajak avlodga bekamu-ko‘st, yanada yuksak taraqqiyot bilan etkazib bera oladigan, bir so‘z bilan aytganda kelajagimiz uchun har bir jabhada mas’ul bo‘ladigan davomchi kim bo‘lishi mumkin? Bugun ana shu savolga har birimiz javob berdik. O‘ylaymizki, biz tanlagan nomzod ana shunday mas’uliyatni etarli darajada bajara oladi. Biz bunga ishonamiz!

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Lola Ahmedova: “Biz tanlagan nomzod ishonchimizni oqlaydi!”