Gidrometeorologiya markazi ma’lum qilinishicha, 6 dekabr kuni respublika bo‘ylab havo o‘zgarib turadi, joylarda yog‘ingarchiliklar kuzatiladi.
Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. Harorat kechasi 7-9, kunduzi 15-17 darajaga etadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kuzatiladi, yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Havo harorati kechasi -2 — +3, kunduzi 0-5 daraja iliqgacha ko‘tariladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi, harorat kechasi 4-9 daraja, kunduzi 10-15 daraja iliqga etadi.
Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchiliklar kuzatiladi, havo harorati kechasi 4-9, kunduzi 13-18 daraja iliqni tashkil etadi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi, havo harorati kechasi 5-10, kunduzi 13-18 daraja iliqgacha ko‘tariladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ham yog‘ingarchiliklar kuzatiladi, kechasi 2-7 daraja, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchiliklar kuzatiladi, tuman tushadi. Harorat kechasi 0-5, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi