6 530
Andijon–Toshkent poezdining oynasini tosh otib sindirgan bolalarning ota-onasi jazolandi
2016 yilning 2 oktyabr kuni Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanida yashovchi 10 yoshli A.Tursunov va A.Qurbonov sentyabr oyidan qatnay boshlagan Andijon–Toshkent yo‘nalishidagi poezd oynasiga tosh otib, uni sindirgan. Bu haqda «1news.uz» nashriga asoslanib, «Daryo» xabar bermoqda.
Poezdni toshbo‘ron qilish holati Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston, Qo‘shtepa, Oltiariq tumanlarida ham qayd etilgan. Mazkur holatlar yuzasidan bolalarning ota-onalariga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasiga ko‘ra jarima solingan.
Bundan tashqari, etkazilgan zararni ota-onalardan undirish bo‘yicha da’vo kiritilgani ta’kidlanmoqda. Ma’lum qilinishicha, yo‘lovchi poezd vagonining bitta oynasi 5 million so‘mdan ortiq turadi.
Xabarda ta’kidlanishicha, Farg‘ona viloyati xalq ta’lim boshqarmasi rahbari Z.Teshaboyev o‘quvchilar tomonidan bunday salbiy harakatlar sodir etilmasligi uchun maktab dasturiga bu borada qo‘shimcha dars kiritish lozimligini aytgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi