O‘zbekiston Senatining bugungi yig‘ilishda mamlakatning yangi saylangan prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘z vazifasidan ozod qilindi. Bu haqda Senat raisi Nig‘matulla Yo‘ldoshev ma’lum qilgan.
«Shavkat Miromonovich Mirziyoyevni bosh vazirlik lavozimidan ozod qilish haqidagi qaror sizning qo‘lingizda. Marhamat ovoz bering», — degan Yo‘ldoshev yig‘ilishda.
Bu qaror bir ovozdan qabul qilingan.
Bosh vazirni lavozimidan ozod qilish parlament palatalari tomonidan alohida-alohida ko‘rib chiqilgan va tegishli qaror qabul qilingan.
Qonunchilikka ko‘ra, parlamentning ikki palatasi bosh vazirni lavozimidan ozod etish to‘g‘risida qaror qabul qilgach, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining butun tarkibi Bosh vazir bilan birgalikda iste’foga chiqadi.
Eslatib o‘tamiz, 12 dekabr kuni Parlamentda ko‘pchilik o‘ringa ega bo‘lgan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati − O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi bosh vazirlik uchun Abdulla Aripov nomzodini taklif qilgandi.
14 dekabr kuni Aripov ushbu lavozimga tasdiqlanishi kutilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev 4 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan Prezident saylovida 88,61 foiz ovoz to‘plab g‘olib bo‘lgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi