8 675
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylardan birining erto‘lasiga ilonlar in qurgani ma’lum bo‘ldi
Toshkent shahri Yashnobod tumani Fazogir mahallasidagi ko‘p qavatli uyda yashovchi fuqaro Ozoda Diyorovaning uyidan ikki bora ilon chiqdi. Kun.uz’ning “1news.uz” saytiga asoslanib yozishicha, norasida farzandini katta qilayotgan ayol hojatxonadan chiqqan ilonlarni o‘ldirishga muvaffaq bo‘lgan. Xavfli jonivorlar ko‘p qavatli uyning suv bosgan erto‘lasiga in qurgani aytilmoqda.
Xabarda “Erto‘laga kirarkanmiz, bir qarashdayoq muammoning mohiyatini angladik. Hammayoq zaxlab ketgan. Uzun va qorong‘i yo‘laklardan yurarkanmiz, axlatu balchiqqa duch kelamiz… Bunday ahvolni ko‘rib, bu manzilga hademay timsohlar ham “tashrif buyursa” ajab emas degan fikrga keldik!” deya sayt so‘zlaridan iqtibos keltiriladi.
Shuningdek, o‘rganish jarayonida ko‘p qavatli uyning isitish tizimi ham yaxshi ishlamasligi aniqlangani aytilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi