16:55 / 20.12.2016
6 485

Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putinga Rossiyaning Turkiyadagi Elchisi Andrey Karlovning shafqatsiz suiqasd natijasida halok bo‘lgani munosabati bilan samimiy hamdardlik bildirdi. Bu haqda Kun.uz sayti xabar berdi.

«Biz har qanday shakl va ko‘rinishdagi terrorizm va ekstremizm harakatlarini qattiq qoralaymiz. Mazkur fojia hozirgi zamonning shunday noinsoniy tahdidlariga qarshi kurashish uchun xalqaro hamjamiyatning barcha kuchlarini birlashtirish zarurligini yana bir bor ko‘rsatdi. Ushbu qayg‘uli kunlarda O‘zbekiston Rossiya xalqi bilan har tomonlama birdamligini bildiradi», deya qayd etilgan O‘zbekiston rahbari maktubida.

Davlat rahbari Rossiya diplomatining oila a’zolariga va yaqinlariga chuqur hamdardlik va dalda so‘zlarini etkazib qo‘yishni so‘radi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga hamdardlik bildirdi