11:32 / 23.12.2016
12 181

PM.gov.uz O‘zbekiston Prezidentining virtual qabulxonasiga aylantirildi

PM.gov.uz O‘zbekiston Prezidentining virtual qabulxonasiga aylantirildi

Sentyabr oxiridan buyon pm.gov.uz manzilida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan bosh vazir virtual qabulxonasi endilikda Prezident Shavkat Mirziyoyev virtual qabulxonasi deb ataladi.

«PM» qisqartmasini endi «Prezidentga Murojaat» deb ta’riflasa bo‘ladi, xabar qilindi davlat rahbarining Facebook`dagi sahifasida.

Hozirgi vaqtda ushbu portalning 3 oylik ishlash tajribasidan kelib chiqib, murojaatlarni ko‘rib chiqishni yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli Prezident qarorlari loyihalari tayyorlanmoqda, deb qo‘shimcha qilindi sahifada.

23 dekabr ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan davr mobaynida virtual qabulxonaga 303 mingdan ziyod murojaatlar kelib tushgan. Bundan tashqari, mamlakat rahbari topshirig‘i bo‘yicha barcha vazirliklar , mahkamalar, davlat ishtirokidagi kompaniyalar, banklar va OTMlar saytlarida virtual qabulxonalar ochilgan.

Yangi bosh vazirning ham virtual qabulxonasi ochilishi to‘g‘risida esa hozircha ma’lumotlar yo‘q.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Husniddin
Husniddin 5 апреля 2020 17:04
Firibgarlik
Yangiliklar » O‘zbekiston » PM.gov.uz O‘zbekiston Prezidentining virtual qabulxonasiga aylantirildi