23 dekabr kuni Xalq deputatlari Jizzax viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etdi.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Manbaning ma’lum qilishicha, Ulug‘bek Uzoqov Jizzax viloyati hokimi etib tayinlangan.
U shu paytga qadar Vazirlar Mahkamasi qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi masalalari axborot-tahlil departamenti boshlig‘i sifatida faoliyat yuritib kelayotgandi.
Endilikda sobiq hokim Sayfiddin Umarovich Ismailov esa Jizzax tumani (kelgusida Sharof Rashidov tumani) hokimi lavozimiga tayinlandi.
Qayd etish kerakki, bu shu oyning o‘zida beshinchi viloyatda hokim o‘zgarishi bo‘ldi. Bungacha, Toshkent, Sirdaryo, Surxondaryo va Buxoro viloyatida rahbar o‘zgargandi.
Bugun Samarqand viloyatiga ham yangi hokim tayinlanishi kutilmoqda. Bu viloyatning sobiq hokimi Mirzaev Zoyir Toirovich Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi rahbari etib tayinlangach, hokimlik lavozimi bo‘sh qolmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Qahva va saraton: olimlardan zo‘r yangilik!