19:55 / 16.04.2015
7 526

“O‘zkimyosanoat” 2,1 mlrd dollarlik loyihalarni amalga oshiradi

“O‘zkimyosanoat” 2,1 mlrd dollarlik loyihalarni amalga oshiradi

“O‘zkimyosanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasi yaqin istiqbolda umumiy qiymati 2.1 mlrd dollarga teng bo‘lgan 14 investision loyihani amalga oshiradi.

2015-2019 yillarda struktur o‘zgarishlar, modernizasiya va difersifikasiyani ta’minlash chora-tadbirlari dasturi doirasida iste’molga kiritilishi ko‘zda tutilayotgan investision mablag‘ning 92 foizi yangi ob’ektlarning qurilishiga sarflanadi.

Dasturda belgilangan asosiy vazifalar kimyo sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish va eksportini diversifikasiya qilish va yangi texnologiyalar joriy qilishdir.

Sohaga yo‘naltirilayotgan investisiyalarning yarmi “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida ammiak va karbamid ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishga ajratiladi. Yangi ishlab chiqarish ob’ekti qurilishiga 1 mlrd dollar ajratilgan bo‘lib, jarayon 2019 yilga qadar davom etadi. Loyihaning 121.9 mln dollarlik qismi kompaniyaning o‘z hisobidan qoplanadi, 320 mln dollar O‘zbekiston qayta tiklanish va rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan, 600 mln dollar Yaponiya xalqaro hamkorlik banki va boshqa xalqaro moliya institutlari tomonidan ajratiladi.

Yangi zavod yiliga 660 ming tonna ammiak va 577.5 ming tonna karbamid ishlab chiqaradi. Shuningdek, 2019 yilga kelib karbamid ishlab chiqarish hajmini 1 mln tonnadan oshirish rejalashtirilmoqda.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » “O‘zkimyosanoat” 2,1 mlrd dollarlik loyihalarni amalga oshiradi