12:45 / 27.12.2016
7 697

O‘zbekistonda xorijiy valyutadan foydalanish muddati uzaytirildi

O‘zbekistonda xorijiy valyutadan foydalanish muddati uzaytirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 20 dekabrdagi PF–4891-son Farmoni bilan Prezidentning 1995 yil 27 iyundagi PF–1193-son “O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasining ichki erkin almashtirilishini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga o‘zgartirishlar kiritildi, deb xabar qilmoqda Kun.uz sayti.

Tuzatishlar bilan mijozlarning talabnomalari bo‘yicha vakolatli banklar tomonidan sotib olingan xorijiy valyutadan foydalanish muddati 7 ish kunidan 15 ish kunigacha uzaytirildi, shundan keyin u so‘zsiz qayta sotilishi kerak

Xuddi shunday o‘zgartirishlar Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 21 dekabrdagi 409-son qaroriga binoan quyidagi hujjatlarga kiritildi:

Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 29 iyundagi 245-son “Birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori;

“Birjadan tashqari valyuta bozorida xorijiy valyutani xarid qilish va sotish operasiyalarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi (10.07.2001 yildagi 294-son VMQ bilan tasdiqlangan) Nizomga.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda xorijiy valyutadan foydalanish muddati uzaytirildi