2016-yilning 27-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizga tashrif buyurgan hamda tarkibida Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidentining iqtisodiy masalalar bo‘yicha katta maslahatchisi Humayun Qayumi va Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiya bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha maxsus vakili Muhammad Shokir Korgar bo‘lgan delegasiyani qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga asoslanib Kun.uz sayti xabar bermoqda.
Uchrashuvda avval bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi va boshqa ikki tomonlama muzokaralar chog‘ida erishilgan kelishuvlar doirasida O‘zbekiston-Afg‘oniston hamkorligini yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan batafsil fikr almashildi. Afg‘oniston rahbarining vakillari ikki mamlakat iqtisodiyotining etakchi sektorlari rahbarlari ishtirok etgan va Toshkent shahrida o‘z ishini nihoyasiga etkazgan Savdo, transport va energetika bo‘yicha O‘zbekiston-Afg‘oniston hukumatlararo komissiyasining ikkinchi majlisi yakunlari bo‘yicha taasurotlarini so‘zlab berdi.
Ta’kidlanganidek, mazkur tadbir qo‘shma faoliyatning, jumladan savdo, transport, energetika, qishloq xo‘jaligi sohalaridagi va o‘zaro manfaatli infratuzilma loyihalarini amalga oshirishdagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qilishga imkon berdi.
Muloqot davomida 2017-yilda bo‘lajak uchrashuvlar jadvali va kun tartibi muhokama qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi