6 818
Financial Times O‘zbekistonni 2017-yilning eng diqqatga sazovor turistik yo‘nalishlari qatoriga kiritdi
Financial Times gazetasida 2017-yilda sayohat qilish tavsiya etilayotgan mamlakatlar haqida maqola e’lon qilindi. Bu ro‘yxatga eng diqqatga sazovor to‘qqiz davlat kiritilgan bo‘lib, unda O‘zbekiston 2-o‘rinda qayd etilgan, deb xabar beradi Daryo nashri.
Reyting sayyohlik sanoatining Wild Frontiers, KE Adventure Travel, Discover the World, Ampersand Travel, Oetker Collection, Red Savannah, Cazenove and Loyd kabi mashhur kompaniyalari rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan so‘rov natijalari asosida tuzilgan.
Maqola mualliflari turistlarga agar butun Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab sayohat qilish imkoni bo‘lmasa, O‘zbekistonga safar qilishni tavsiya etgan. Chunki mamlakatda bu tarixni o‘zida aks ettirgan barcha jihatlar — Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Toshkent kabi shaharlar, qadimiy karvonsaroy va nodir obidalar, sahro manzarasi, otda va tuyada sayohat qilish imkoniyatlari bor. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi