19:30 / 30.12.2016
7 031

Yangi yilda havo iliq bo‘ladi

Yangi yilda havo iliq bo‘ladi

Yangi yil nishonlanadigan kunlari O‘zbekistonda iliq havo kuzatiladi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. O‘zgidromet ma’lumotlariga asoslanib Gazeta.uz yozishicha, ko‘plab hududlarda kunduzgi havo harorati 10 darajagacha iliq bo‘lsa, faqatgina mamlakat shimolida 2 darajagacha sovushi mumkin.

Toshkentda 31 dekabr-1 yanvar kunlari havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchiliklar kuzatilmaydi. Shamol sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi — 0…+2, kunduzi 31 dekabrda — +10…+12, 1 yanvarda — +11…13 daraja Selsiy bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, 31 dekabr kuni yog‘ingarchilik kuzatilmaydi, 1−3 yanvarda ayrim joylarda yomg‘ir va qor yog‘ishi ehtimoli bor. Sharqdan esayotgan g‘arbga o‘zgargan holda 7−12 m/s tezlikda esadi, 1−2 yanvar kunlari ayrim joylarda 15−20 m/s ga qadar kuchayadi. Harorat kechasi 31 dekabr-1 yanvar kunlari — −8…−3 daraja, 2−3 yanvar kunlari — −3…+2, kunduzi — −2…+3 dan 0…+5 ga qadar bo‘lishi kutilmoqda.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 31 dekabr-1 yanvar kunlari yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, 2−3 yanvarda joylarda yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan g‘arbga o‘zgargan holda 7−12 m/s tezlikda esadi, 1−2 yanvar kunlari ayrim joylarda 15−20 m/s ga qadar kuchayadi. Harorat kechasi 31 dekabr-1 yanvar kunlari — +8…+13 daraja, 2−3 yanvar kunlari — −3…+2, kunduzi — +2…+7 daraja bo‘lishi kutilmoqda.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 31 dekabr-1 yanvar kunlari yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, 2−3 yanvarda joylarda yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan g‘arbga o‘zgargan holda 7−12 m/s tezlikda esadi, 1−2 yanvar kunlari ayrim joylarda 15−20 m/s ga qadar kuchayadi. Harorat kechasi 31 dekabr kuni — joylarda -2 darajagacha, 1 yanvar kuni — +8…+13, so‘ngra asta-sekinlik bilan 0…+5 darajaga qadar pastlaydi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi, 31 dekabr-1 yanvar kunlari yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, 2−3 yanvarda joylarda yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan g‘arbga o‘zgargan holda 7−12 m/s tezlikda esadi, 1−2 yanvar kunlari ayrim joylarda 15−20 m/s ga qadar kuchayadi. Harorat kechasi 31 dekabr kuni — ayrim joylarda −2…0 gacha, kunduzi 31 dekabr-1 yanvarda — +8…+13 daraja, 2−3 yanvarda — asta-sekinlik bilan +2…+7 ga qadar pastlaydi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 31 dekabr-1 yanvar kunlari yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, 2−3 yanvarda joylarda yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan g‘arbga o‘zgargan holda 7−12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi −2…+3, kunduzi 31 dekabr-2 yanvarda — +5…+10, 3 yanvarda — +2…+7 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, 31 dekabr-1 yanvarda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi, 2−3 yanvarda ayrim joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi, joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan g‘arbga o‘zgargan holda 7−12 m/s tezlikda esadi, 1−2 yanvar kunlari ayrim joylarda 15−20 m/s ga qadar kuchayadi. Harorat kechasi −8…−3, kunduzi — 0…+5 darajadan −3…+2 ga qadar atrofida bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Yangi yilda havo iliq bo‘ladi