15:33 / 02.01.2017
6 844

Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anga va qardosh turk xalqiga Istanbul shahrida sodir etilgan mudhish terrorchilik harakati oqibatida ko‘plab insonlarning halok bo‘lganligi munosabati bilan ta’ziya izhor etdi.

Davlat rahbari o‘z maktubida qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik tuyg‘ularini etkazib qo‘yishni so‘radi, jarohat olganlarga qisqa muddatda sog‘ayib ketishlarini tiladi.

Eslatib o‘tamiz, 1 yanvar kuni Istanbul shahrining Evropa qismida joylashgan tungi klublardan biriga Kalashnikov bilan qurollangan noma’lum shaxs bostirib kirib, odamlarni o‘qqa tutdi. Natijada 39 kishi halok bo‘lib, 69 kishi jarohatlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga hamdardlik bildirdi