9 957
Hukumat jismoniy shaxslar uchun Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmani 8 foizga oshirdi
2017 yilning 1 yanvaridan O‘zbekistonda fuqarolarning Moliya vazirligi qoshidagi Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga o‘tkaziladigan majburiy sug‘urta badallari stavkasi oshirildi. Yangi stavka «O‘zbekiston Respublikasining 2017 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida»gi qarori asosida o‘rnatilgan, deb yozmoqda Kun.uz sayti.
Qarorga ko‘ra, fuqarolarning Moliya vazirligi qoshidagi Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga o‘tkaziladigan majburiy sug‘urta badallari stavkasi 7,5 foizdan 8 foizga oshirilgan.
Bunda yuridik shaxslar uchun yagona ijtimoiy to‘lov stavkasi 25 foiz miqdorida saqlab qolingan.
Korxonalar, muassasa va tashkilotlarning majburiy sug‘urta badallari, fuqarolarning majburiy sug‘urta badallari va korxonalar, muassasa va tashkilotlar tomonidan realizasiya qilingan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning haqiqiy hajmidan ajratiladigan majburiy to‘lovlar Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi asosiy daromadi hisoblanadi.
Qayd etish kerakki, oxirgi marta 2016 yilning 1 yanvarida fuqarolarning Moliya vazirligi qoshidagi Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga o‘tkaziladigan majburiy sug‘urta badallari stavkasi 7 foizdan 7,5 foizga oshgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi