O‘zbekiston Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va uning hududiy organlariga jami 6843 ta murojaat kelib tushgan, deya xabar bermoqda Sof.uz sayti. Ularning 5011 tasi yozma, 1832 tasi ishonch telefoni orqalidir.
Murojaatlarning aksariyati — 61,3 foizi kommunal sohaga aloqador. 22,2 foizi savdo va umumiy ovqatlanish, 6,5 foizi transport, xizmat va kommunikasiya sohalari hamda 10 foizi boshqa sohalarga to‘g‘ri kelgan.
Yozma murojaatlarning 4591 tasi iste’molchilar foydasiga hal etildi, ishonch telefonlari orqali tushgan 1832 ta murojaatdan 1135 tasi ko‘rib chiqildi va tegishli choralar ko‘rildi, qolgan 697 ta murojjat bo‘yicha Davlat raqobat qo‘mitasi vakolatlari doirasida tegishli tushuntirishlar berildi.
Murojaatlar yakuni bo‘yicha jami bo‘lib 2 927,3 mln.so‘m iste’molchilarning foydasiga qayta hisob-kitob qilindi. Ulardan 2,4 mlrd so‘mdan ziyodrog‘i (2015 yilda — 996,5 mln so‘m) ko‘rsatilmagan yoki sifatsiz ko‘rsatilgan xizmatlar uchun yozma murojaat asosida qayta hisob-kitob qilingan bo‘lsa, 443,5 mln so‘mi (328,9 mln) ishonch telefoni bo‘yicha qilingan shikoyat va arizalar hissasiga to‘g‘ri keladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi