18:51 / 06.01.2017
8 260

Sud departamenti direktorining virtual qabulxonasi ishga tushdi

Sud departamenti direktorining virtual qabulxonasi ishga tushdi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holatini tubdan isloh qilish, kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish borasida keng qamrovli ishlar olib borilmoqda.

Murojaatlar bilan ishlashning sifatini yanada yaxshilash, samaradorligini oshirish maqsadida Sud departamentining rasmiy veb-saytida Sud departamenti direktorining virtual qabulxonasi ishga tushirildi. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.

Xabarda qayd etilishicha, endilikda jismoniy va yuridik shaxslar uchun Sud departamenti faoliyatiga oid murojaatlarni tezkor, qulay va zamonaviy elektron vositalari yordamida to‘g‘ridan-to‘g‘ri virtual qabulxona orqali yo‘llash imkoni yaratildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Sud departamenti direktorining virtual qabulxonasi ishga tushdi