17:20 / 07.01.2017
9 811

Namangan shahrida 2017—2019 yillarda 82 ta ko‘p qavatli uy-joy quriladi

Namangan shahrida 2017—2019 yillarda 82 ta ko‘p qavatli uy-joy quriladi

Vazirlar Mahkamasining «2017—2019 yillar davrida Namangan shahrining yo‘l-transport va muhandislik-kommunikasiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori asosida shaharning Uychi ko‘chasida 45 ta, Hamroh ko‘chasida 13 ta, Marg‘ilon ko‘chasida 24 ta ko‘p qavatli, birinchi qavatida savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish do‘konlariga ega bo‘lgan turar-joy binolari hamda ijtimoiy soha muassasalari qurish rejalashtirilgan. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.

Yo‘lning ikki tomoniga zamonaviy dekorativ daraxtlar ekiladi, o‘rta qismiga zamonaviy yoritish nuqtalari joylashtiriladi. Zamonaviy bekatlar barpo etiladi, hududlardagi ijtimoiy soha muassasalari kapital ta’mirlanadi.

Qarorga muvofiq, shahardagi 5 ta ko‘cha yo‘llarini mukammal ta’mirlash, suv, elektr, gaz ta’minotini yaxshilash, kanalizasiya va telekommunikasiya tizimlarini rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Namangan shahrida 2017—2019 yillarda 82 ta ko‘p qavatli uy-joy quriladi